O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023- yil 9- noyabrdagi PQ-363-sonli qaroriga asosan “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda hamda mamlakat energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, samaradorligini oshirish va energiya taʼminotining barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, loyiha doirasida 6 ta viloyatda 12 ta 220 va 110 kV elektr uzatish tarmoqlari yangisiga almashtirilishi, 4 ta podstansiyalarning quvvatlari oshirilishi hamda modernizatsiya va rekonstruksiya qilinishi belgilangan.
Loyiha doirasida OTB talablariga muvofiq quyidagi ijtiomiy hujjatlar ishlab chiqildi:
Toshkent shahridagi 220 kV “Zafar” podstansiyasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun ijtimoiy audit hisoboti.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati