2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
OKMKda yana bir texnologik raqamli podstansiya barpo etilmoqda
  • 12.08.2025
  • 31

• Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish loyihasi doirasida kon va uning texnika majmuasini tashqi elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida  yana bir zamonaviy raqamlashtirilgan texnologik podstansiya barpo etilmoqda.

• Mutaxassislarga ko‘ra, ushbu podstansiya 110/35/6 kV kuchlanish ga bo‘lib, bu yerga elektr energiyasi “Qoraqiyasoy” va “Adolat” podstansiyalaridan havo liniyalar orqali uzatiladi. Podstansiyada 2ta quvvati 63 MVA bo‘lgan zamonaviy transformatorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida 110 kV elektr energiyasi 35,6 kV kuchlanishga pasaytirilib, “Yoshlik-1” konidagi kon-texnika majmuasini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlab beradi.

• Bundan tashqari, podstansiyaga quyosh foto elektr stansiyasi ham o‘rnatilgan bo‘lib, quvvati 30 kVt bo‘lgan quyosh panellari mazkur obyektning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondiradi va elektr tejamkorligini taʼminlaydi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati