2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: “Chorbog‘” podstansiyasi hududidagi qurigan o‘simlik xas-xashaklariga o‘t ketgan. Elektr qurilmalari normal holatda ishlamoqda
  • 12.08.2025
  • 30

“Chorbog‘” podstansiyasi hududidagi qurigan o‘simlik xas-xashaklariga o‘t ketgani maʼlum qilindi. Energetika obyektining transformatorlari va boshqa qurilmalarida yong‘in sodir bo‘lmagan. 

⚡️ Masʼullar voqea joyida bo‘lib, tegishli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Bu haqda batafsil maʼlumotlar taqdim etamiz.

Xavfsizlik choralari zaruriyati tufayli T-1 transformatori vaqtincha tarmoqdan uzilgan.

Yong‘in bartaraf etilganidan so‘ng, transformatorga kuchlanish berilib, tarmoqdan uzilgan liniyalarga kuchlanish beriladi. 
 

“Chorbog‘” podstansiyadagi 6 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda qurilmalarida aniqlangan nosozliklar (yong‘in asoratlari) bartaraf etilib, soat 19:20 da T-1 transformatoriga kuchlanish berildi.

Soat 19:45 vaqt bilan 6 kV qurilmalarga kuchlanish berildi, isteʼmolchilar to‘liq taʼminoti tiklandi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati