Avval xabar berganimizdek, 220/110/35/10 kV kuchlanishli “Ishtixon” podstansiyasi 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurulmasining R-L Anhor ajratgichida reja asosida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Ta’mirlash jarayonida ajratgichning mexanik va elektr qismlari tekshirildi, ish faoliyati yaxshilandi hamda kerakli sozlash ishlari amalga oshirildi.
⚡️ Ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘liq amal qilingan holda, malakali mutaxassislar tomonidan bajarildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ishlar elektr energiyasi ta’minotining ishonchliligini oshirish va avariyaviy uzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida: mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Bundan tashqari, magistar elektr tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun