2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Energetika obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda
  • 14.08.2025
  • 47

⚡️ "Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali bosh muhandisi tasdiqlagan rejaga asosan hamda 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 110 kV kuchlanishli "Tepaqo‘rgon" podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasi 1-shinalar tizimi 110 kV Chust-1 tarmog‘ida mukammal ta’mirlandi.

⚙️Ta‘mirlash ishlari davomida 110 kV moyli o‘chirgich o‘tkazuvchi qismlarini ta'mirlash, moy almashtirish, kontakt va izolyatorlarni me’yorlashtirish ishlari bajarildi.

☄️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, magistral elektr tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

❇️ Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot