2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: “Suvli” podstansiyasida AT-2 transformatori mukammal taʼmirdan o‘tkazilmoqda
  • 14.08.2025
  • 40

⚡️ «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli “Suvli” podstansiyasida AT-2 transformatori rejali mukammal taʼmirdan o‘tkazilmoqda. Ishlarni 4-sonli Montaj boshqarmasi (MU-4) mutaxassislari bajarishmoqda.

Transformator moyi gazsizlantirilib, qo‘shimcha quyish uchun tayyorlandi. Amalga oshirilgan texnik tadbirlar ushbu elektr qurilmasidan barqaror foydalanish imkonini beradi.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan  shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun

⇒  t.me/SamarqandMET_Axborot