2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: 110/35/6 kV kuchlanishli «Orayliq» podstansiyasida yangi komplekt taqsimlash qurilmasini o'rnatish ishlari olib borildi
  • 14.08.2025
  • 38

⚡️ «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/6 kV kuchlanishli «Orayliq» podstansiyasida iste’molchilarni elektr taʼminoti bilan ishonchli va barqaror ta'minlash maqsadida 6 kV kuchlanishli yangi komplekt taqsimlash qurilmasini o'rnatish ishlari olib borildi.

Amalga oshirilayotgan yangilash ishlari podstansiyada avariyaviy uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.

☄️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan  shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

kanaliga a’zo bo’lish uchun

 t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot