2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Sirdaryo viloyatining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida o‘chish sodir bo‘ldi. Podstansiyada sodir bo‘lgan nosozlik bartaraf etilmoqda
  • 15.08.2025
  • 34

Kecha, 2025-yil 14-avgust kuni soat 23:50 da 220 kV kuchlanishli “Go‘zal” podstansiyasidagi elektr qurilmalarining himoya tizimi ishlab, favqulodda o‘chish sodir bo‘ldi. 

☄️ Ayni paytda taʼmirlash-sozlash brigadasi o‘chish sabablarini aniqlab, nosozlikni bartaraf etishmoqda. Qisqa muddatda nosozlik bartaraf etilib, mazkur energetika obyekti orqali taʼminlangan tarmoqlarga kuchlanish beriladi. 

⚡️ Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘raymiz..

✔️ Soat 00:56 da 110 kV 2-elektr qurilmasiga (shinalar tizimiga) L- Doston-2 elektr uzatish tarmog‘i orqali kuchlanish berildi.

✔️ Soat 00:57 da podstansiyaning AT-2 transformatori 110/10 kV rejimida ishga kiritilib, podstansiyaning o‘z ehtiyoji (energiya taʼminoti) qayta tiklandi. 

✔️ Soat 1:33da L-Tyaga-2 elektr uzatish tarmog‘i orqali temiryo‘l liniyalariga kuchlanish berildi. 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati