Toshkent tumani hududida yangidan qurilib bitkazilgan 110/35/10 kV "Qizg‘aldoq‘ podstansiyasining bosqichma-bosqich ishga tushirilishi munosabati bilan "Toshkent MET" filiali tomonidan 110—35 kV kuchlanishli tarmoqlarda montaj va demontaj ishlari bajarilishi hisobiga 2025-yil 13-14-15-16-avgust kunlari Toshkent tumani Bunyodkor, Diydor, Ko‘ksaroy, Qorabo‘rik, Zaxariq, Bog‘izilol, Zarbdor, Ko‘hinur, Yangi-hayot, O‘rikzor, Chig‘atoy, Qizg‘aldoq, Beruniy, Oqtosh, Oltintepa, Shamsiobod, Sohibkor, Beshterak mahallalari isteʼmolchilarining elektr energiyasi taʼminotida navbatma-navbat 2 soatlik uzilishlar kuzatilmoqda.
Isteʼmolchilardan keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati