2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: Bo'ka tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli podstansiyada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda
  • 16.08.2025
  • 19

Bo'ka tumanida joylashgan 110/35/10  kV kuchlanishli "Oybek" podstansiyasida (333-sonli topshiriqnoma  asosida) mavjud 10000 kVa quvvatli T-1 transformator o‘rniga 16000 kVa quvvatli yangi transformator o‘rnatish ishlari olib borildi. 

☄️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot