“O‘zbekiston MET” AJ ning 2025-yil 11-avgustdagi AN-222-sonli ko‘rsatma ijrosi hamda "O‘zenergoinspeksiya" nazorat tashkilotining 2025-yil 13-avgustdagi 01-12-02/3639-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida 110/35 kV kuchlanishli “Payariq”, “Markaziy” va “Juma” podstansiyalari guruhida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida podstansiyalardagi navbatchi xodimlar tomonidan taqsimlash qurilmalarini — ochiq taqsimlash qurilmasi hamda yopiq taqsimlash qurilmasi ta’mirga chiqarish hamda almashlab ulashlarni amalga oshirish jarayonida noto‘g‘ri harakatlarning oldini olish uchun maxsus texnik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
⚡️ Mashg‘ulotlarda almashlab ulash jarayonlari batafsil tushuntirildi, ish vaqtida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun