“O‘zbekiston MET” AJ, “Jizzax MET” filiali tasarrufidagi podstansiyalarni tashqi devorlarini taʼmirlash, qurish ishlarini amalga oshirish uchun pudratchi tashkilotlar bilan “eng yaxshi takliflarni tanlab olish” asosida shartnomalar tuzish uchun rejalashtirilgan xizmatlar ro‘yxati
1) Jizzax viloyati, Jizzax shahrida joylashgan 110/35/10 kVli “Sanoat-1” podstansiyasining balandligi 2 metr, uzunligi 222 metr bo‘lgan tashqi devorlarini zamonoviy uslubda (shlakoblok, gazoblok va x.k.) qurish, 2 dona balandligi 2.5 metr eni 4 metr bo‘lgan zamonoviy temir reshetkali darvoza o‘rnatish ishlarini “tayyor holda topshirish” asosida bajarish.
Ishlarni umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra QQS bilan 520 843 687,0 (besh yuz yigirma million sakkiz yuz qirq uch ming olti yuz sakson yetti) so‘m; Smeta hujjatlari ilova qilinadi.
2) Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan 35/10 kVli “Beshkuba” podstansiyasining balandligi 2 metr, uzunligi 140 metr bo‘lgan tashqi devorlarini zamonoviy uslubda (shlakoblok, gazoblok va x.k.) qurish, 2 dona balandligi 2.5 metr eni 4 metr bo‘lgan zamonoviy temir reshetkali darvoza o‘rnatish ishlarini “tayyor holda topshirish” asosida bajarish.
Ishlarni umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra QQS bilan 362 958 551,64 (uch yuz oltmish ikki million to‘qqiz yuz ellik sakkiz besh yuz ellik bir ) so‘m; Smeta hujjatlari ilova qilinadi.
Ishlarni bajarish muddati: Ish rejimiga asosan 2025 yil avgust-sentyabr oylari ichida 30 kun muddatda.
Eslatma: Bajariladigan ishlarga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi “Shaxarsozlik xujjatlari ekspertizasi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilgan smeta hujjatlari hamda bajarilgan ishlar dalolatnomasi taqdim etilishi lozim.
Tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab 3 ish kunidan so‘ng ariza va takliflar qabul qilinmaydi.
Ariza va takliflar elektron portaldagi shaxsiy kabinet orqali yuborilishi shart.
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon raqam: 71 236 64 95, 71 236 62 11, +99890 9614411, korporativ elektron pochta manzili: sh.dadajonov@uzbekistonmet.uz
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati