2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan navbatdagi ta’mirlash ishlari Pop tumanidagi 110/10 kV kuchlanishli “Uzumzor” podstansiyasida davom ettirildi.
Barcha ta’mirlash ishlari “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi tasdiqlagan rejaga asosan hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda olib borilmoqda
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyun sanasidan boshlab «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazildi.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling