Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “MU-4” AJ qurilish-montaj kompaniyasi mutaxassislari tomonidan “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli «Qorako‘l» podstansiyasi R-526 reaktorining "A" va “S” fazalarida mukammal ta’mirlashdan oldin va keyingi holat aks ettirilgan.
Ma’lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli «Qorako‘l» podstansiyasidagi R-526 reaktorini mukammal ta’mirlash kelgusida avariyaviy o‘chishlarni oldini oladi hamda elektr qurilmaning ishonchli ishlashini ta’minlaydi.
Shuningdek, qurilmaning sozligi 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan davrda iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo‘ling