“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 110/10 kV kuchlanishli “Sanoatchi” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli “Bog‘ishamol” elektr uzatish havo tarmogʻining 64-, 65-, 66-, 67-tayanchlaridagi eskirgan izolyatorlarini almashtirish ishlari bajarildi.
✍️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining 844-sonli tegish qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385.7 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari “O‘zbekiston MET” AJ balansiga o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling