"Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi podstansiyalarda elektr jihozlarini mavsumga tayyorlash ishlari belgilangan grafik-reja asosida olib borilmoqda.
Misol uchun, 110/10 kV kuchlanishli “Bo‘rdoqchi” podstansiyasining elektr qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur texnik xizmatlar:
◾️ Elektr qurilmalarining uzluksiz va ishonchli ishlashini ta'minlaydi;
◾️ Favqulodda holatlarning oldini olishga xizmat qiladi;
◾️ Energiya ta'minotida barqarorlikni mustahkamlaydi.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI