Bo‘ka tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Ko‘k-orol" podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasida (35 kV da T-1 transformatorni va RVS 35 kVli razryadniklar) joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarildi.
Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlar bajarishdi. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot