Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov navbatdagi “Rahbar va yoshlar” formatidagi uchrashuvini samarqandlik yosh muhandis kadrlar bilan o‘tkazmoqda.
Samarqandlik yoshlar Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisiga D. A. Isaqulovga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati