2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Rejalashtirilgan joriy ta’mirlash-sozlash ishlari haqida ma’lumot
  • 17.09.2025
  • 47

Hudud: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Sirdaryo va Oqoltin tumanlari

2025-yil 18-sentabr kuni Guliston shahrida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "X.Sharipov" podstansiyasining T-1 transformatori va 1-elektr qurilmasining 10 kV kuchlanishli shinalar tizimida, Sirdaryo tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli "Sindorobod" podstansiyasining T-1 transformatori va 1-elektr qurilmasining 10 kV kuchlanishli shinalar tizimida hamda Oqoltin tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli "Tinchlik" podstansiyasining T-2 transformatori va 2-elektr qurilmasining 10 kV kuchlanishli shinalar tizimida,  joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.  

♀️ Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining xavfsiz uzatilishini ta’minlashga xizmat qilishi hamda iste’molchilarga sifatli elektr ta’minotini yetkazib berish imkonini oshiradi.

⏰ Ish vaqti: 09:00 dan 17:00 gacha.

❗️ Joriy taʼmirlash vaqtida: shu liniya orqali ta'minlanuvchi fiderlarga ulangan ayrim iste'molchilarda vaqtincha elektr ta’minoti tizimida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
                      
❗️Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 

❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot