☄️ O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2025-yil 15-sentabr kunidagi Respublikada «Yong‘indan ogohlik» umummilliy kompaniyasi oyligini o‘tkazish bo‘yicha 327-sonli farmoyishiga asosan «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari ishtirokida tushuntirish-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
✍️ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufudagi 220/110/35/6 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasida o’tkazilgan mazkur tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qaroriga muvofiq sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha FVV xodimlari tomonidan suhbat o‘tkazilib, mavzu yuzasida tushunchalar berildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI"
https://t.me/QashqadaryoMET