«Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali G‘allaorol tumanida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli "Qo‘ytosh" podstansiyasida T-1 transformatorini mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.
⚡️ Bundan tashqari, podstansiyaga kiruvchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i uzluksiz ishlashini ta’minlash, favqulodda uzilishlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo‘ling ⇒ t.me/JizzaxMET_Axborot