2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
Chiqindilar: yerdan kosmosgacha — O‘zbekiston ekologik tahdidga qarshi qanday kurashmoqda?
  • 10.08.2025
  • 4

Odam chiqindilari hamma joyda uchraydi — yerni va suvni katta maydonlarda ifloslantiradigan poligonlarda ham, tabiatning o‘zida ham, odam qadam qo‘yilgan har bir joyda. Okeanlarda plastik orollari hosil bo‘lmoqda, chiqindilar esa endi kosmosgacha ham yetib bordi.

Mikroplastik suvda, havoda va hatto hayvonlar va odamlar organizmida topilmoqda — bu har birimizni qiziqtiruvchi haqiqiy global muammodir.

O‘zbekiston bu muammoni qanday hal qilmoqda?

Chiqindilarni yoqish zavodlari — 2025 yilda qattiq maishiy chiqindilarni elektr energiyasiga aylantiruvchi 8 ta zavod qurilishi boshlanadi. Ular yiliga 4,7 mln tonna chiqindini qayta ishlab, 2,1 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
66 ta saralash va qayta ishlash loyihalari — poligonlardagi yukni kamaytirish va zararli chiqindilarni qisqartirishga qaratilgan.
Biotexnologiyalar — tuproq va suvlarni ifloslanishdan tozalash uchun yangi yechimlar.

Bu qadamlardan faqat toza, yashil va yashash uchun qulay mamlakatga olib boradigan katta yo‘lning boshlanishi.  Har birimiz ushbu o‘zgarishlarning bir qismiga aylanish imkoniyatiga egamiz.

Birgalikda biz shaharlarimiz va qishloqlarimizni tozalashimiz, tabiatni asrashimiz va bolalarimiz uchun yaxshiroq kelajak yaratishimiz mumkin.

Keling, yurtimizni asraymiz va har kuni unga g‘amxo‘rlik qilamiz!

❓ Siz chiqindilarni ajratib yig‘ish yoki qayta ishlash loyihalarida qatnashdingizmi? Tajribangiz va g‘oyalaringizni sharhlarda bo‘lishing!

Manba: https://t.me/clearenergy/2841

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati