2025-yil 8-avgust kuni BMT forumida O‘zbekiston Ekologiya vaziri Arol dengizi atrofida vujudga kelgan juda og‘ir vaziyat haqida ma’ruza qildi. Bu inqiroz deyarli bir million kishining hayotiga tahdid solmoqda, o‘tgan yili esa deyarli 40% qishloq xo‘jaligi erlari qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rdi.
Changli bo‘ronlar tuz va zararli kimyoviy moddalarni keng tarqatmoqda, tuproq unumdorligi susaymoqda, hosildorlik kamaymoqda, xonadonlar va ekin maydonlari uchun toza suv bilan ta’minlash esa tobora qiyinlashib bormoqda. Oddiy odam uchun bu oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashishi va nafas olishingiz qiyinlashishi demakdir.
Lekin, umid mavjud. Hozirdanoq millionlab yangi daraxtlar ekilmoqda, himoya o‘rmon dastalari barpo etilmoqda, suvni tejaydigan va tuproqni saqlaydigan qishloq xo‘jaligi usullari joriy qilinmoqda, sug‘orish tizimlari yangilanmoqda va zamonaviylashtirilmoqda.
O‘zbekiston ekotizimlarni tiklash va mintaqaga hayot qaytarish uchun BMT va qo‘shni davlatlar bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Bu yo‘lda har birimiz o‘z hissamizni qo‘sha olamiz. Daraxt eking, suvdan tejamkorlik bilan foydalaning, atrofdagilarni Arol muammosi haqida xabardor qiling va ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlang. Har bir kichik harakatimiz Arol dengiziga hayot qaytarish va oilamiz salomatligi uchun kurashishdir. Birgalikda biz bu vaziyatni yaxshilay olamiz!
Manba: https://t.me/clearenergy/2844
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati