2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 35/10/6 kV kuchlanishli «Nayman» podstansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi
  • 30.09.2025
  • 38

Zafar tumanida joylashgan 35/10/ kV kuchlanishli «Nayman» podstansiyasida 2500 kVA quvvatli T-1 transformatorini joriy ta'mirlash hamda tarnsformatorda moy sathi me’yoridan pastga tushgani hisobiga qo‘shimcha moy quyish ishlari bajarildi. 

Ma’lumot o‘rnida: Filial mutaxassislari Toshkent viloyatidagi barcha yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. 

Shuningdek, qurilmaning sozligi 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan davrda iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot