2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 110/35/10/6 kV kuchlanishli “Iskovot” podstansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda
  • 30.09.2025
  • 33

✍️  Yangiqo‘rg‘on tumanida  joylashgan 110/35/10/6 kV kuchlanishli “Iskovot” podstansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Jumladan, iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan davrda taqsimlovchi tarmoqlarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida 10 kV “Oltinvodiy” qurilmasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

Ta’mirlash ishlari davomida:

▪️ Uskunalar, kabellar, izolatorlar va shinalar holati ko‘zdan kechirildi;

▪️ Kontaktlar va birikmalari, oksidlanishlar tozalandi;

▪️ Izolyatsiya qarshiligi o‘lchandi;

▪️ Uzoqdan boshqaruv, signalizatsiya tizimi ishlashi tekshirildi;

▪️ Moyli o‘chirgichni yaroqsiz holga kelgan moylari almashtirildi.

⚡️Texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida barcha xavfsizlik me’yorlariga qat’iy amal qilindi.

 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot