2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MATBUOT ANJIMANI: Magistral elektr tarmoqlarida 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobi — uzbekistonmet.uz
  • 30.09.2025
  • 45

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2025-yil 30-sentabr kuni  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kichik majlislar zalida «2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobi» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda uza.uz nashriO‘zbekiston milliy axborot agentligi, “O‘zbekiston-24” radiokanali, Daryo.uztahririyati hamda «Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalari tahririyatidan jurnalist-muxbirlar, shuningdek, “UzReport-TV” hamda “Sevimli-TV” telekanali ijodkorlari ishtirok etishdi. 
 
⚡️ Shu bilan birga, hisobot tadbirida turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tramoqlari» aksiyadorlik jamiyatidan vakillar, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ishtirok etishdi. Bundan tashqari, Magistral elektr tarmoqlari filiallari studiyalaridan 14 nafar “Matibuot kotibiga biriktirilgan muhandis” xodimlar videokonferensaloqa orqali anjuman ishtirokchisi bo‘lishdi.

❗️E’tiboringizga Matbuot anjumaniga tayyorlangan va rasmiy veb-sayt sahifalariga yuklangan hisobot-ma’lumotnomani (press-reliz) taqdim etamiz:

✍️ MATBUOT ANJUMANI«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobi

✍️ МАТБУОТ АНЖУМАНИ:  «Ўзбекистон миллий электр тармоқлари» акциядорлик жамиятининг 2025/2026 йил куз-қиш мавсумига тайёргарлик юзасидан амалга оширган ишлари сарҳисоби

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati