2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Hozirda yog‘och stolba 45 gradusga og‘ib qolgan va shamol bo‘lgan vaqtda ag‘darilib ketishi 90% aniq. Mahalladagi barcha uylarda yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin...»
  • 02.10.2025
  • 12

Murojaat egasi: Nurillayev Husain Begzod o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati.

Elektron pochta: nurillayevhusain@gmail.com

Murojaat mazmuni: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani elektr tarmoqlariga murojaatim shundan iboratki, men Koson tumani “Sherbek” MFY Sayyod qishlog‘ida istiqomat qilaman va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan uyimga yetkazib beriladigan elektr simyog‘och stolbalarni beton stolbaga almashtirish bo‘yicha 2 yildan buyon murojaat yo‘llab kelaman. Lekin natija yo‘q. Doim kelib quruq vaʼda bilan tuman elektr tarmoqlari xodimlari aldab ketishmoqda. Hozirda yog‘och stolba 45 gradusga og‘ib qolgan va shamol bo‘lgan vaqtda ag‘darilib ketishi 90% aniq. Mahalladagi barcha uylarda yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ushbu masalani ijobiy hal qilishda amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman. “Respublika buyicha ishonch telefoni 1154, 71-207-23-76  shu raqam bilan bog‘laning, operatorlar sizga yordam beradi”, deyilgan edi. Lekin men bu raqam bilan bog‘lana olmadim. Iltimos, sizdan tez orada amaliy yordam kutib qolaman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Husain Begzod o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga, yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 35–110   va 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasining xalqaro tranziti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati