2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Elektr xodimlarini aybi bilan, noto‘g‘ri kiritilgan maʼlumotlar sababli, ishlab chiqargan elektr energiyasini hisobi aniqlashtirilmayapti...»
  • 22.09.2025
  • 6

Murojaat egasi: Xojimatova Ro‘zaxon Bo‘riboyevna, Andijon viloyati.

Elektron pochta: dilshodxojimatov35@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Men uyimga 50 kV quvvatlik quyosh elektr stansiyasini o‘rnatgandim. Elektr xodimlarini aybi bilan, noto‘g‘ri kiritilgan maʼlumotlar sababli, ishlab chiqargan elektr energiyasini hisobi aniqlashtirilmayapti. Tumanga, viloyatga murojaat bilan chiqib, aniq javob olmayapmiz. Hozirda shu kunga qadar 6.58 MVt elektr ishlab chiqardi quyosh stansiyam. Shu masalada amaliy yordam berishingizni so‘rayman

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Ro‘zaxon Bo‘riboyevna, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga, yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 35–110   va 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasining xalqaro tranziti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati