“Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 110/6 kV kuchlanishli “Arnasoy-3” podstansiyasida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
✅ Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:
♦ Barcha elektr uskunalarning izolyatsiyasi tozalandi;
♦ Moyli o‘chirgichlar moyi almashtirildi;
♦ Ajratkichlar moylanib, ularning texnik holati sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo‘ling ⇒ t.me/JizzaxMET_Axborot