Koson tumanida joylashgan 110/35/10kV kuchlanishli “Surxon” podstansiyasida elektr qurilmalarini joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Shu bilan birga, iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan davrda taqsimlovchi tarmoqlarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida texnik-profilaktik ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Ta’mirlash ishlari davomida:
► T-2-110 kV izolyatsiyasini tozalash ishlari bajarildi;
► 2-сш-110 kV va 1-2сш-35 kV barcha ulamalari bilan joriy taʼmirlash ishlari bajarildi;
► ODKZ-110 kV reja asosida releli himoyai va avtomatika tizimi faoliyati tekshirildi;
► Transformator izolyatsiyasi tozalandi va sinov ishlari bajarildi.
⚡️ Texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida barcha xavfsizlik me’yorlariga qat’iy amal qilindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI"
https://t.me/QashqadaryoMET