
Avval xabar berilganidek, bugun, 2025-yil 8-oktabr kuni, soat 18:25 da Andijon viloyatida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli "Yayilma" podstansiyasida chaqnash paydo bo'lishi natijasida Andijon shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo’lgan.
Ayni paytda tezkor ta’mirlash brigadalari tomonidan chaqnash oqibatlarini bartaraf etish va ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda. Qisqa fursatda barcha nosozliklar bartaraf etilib, elektr ta’minoti to’liq tiklanadi.
⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so’raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati