⚡️ Energetika obyektida taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borayotgan brigada mutaxassislari xabar berishicha, 110/35/6 kV kuchlanishli “Yayilma” podstansiyasiga tutash va yuridik isteʼmolchilar balansida bo‘lgan fider qurilmalarida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv oqibatida podstansiyaga ulangan qurilmalardan orqali atrofga yong‘in alomatlari (tutun) ko‘tarilgan.
Podstansiya himoya tizimi ishlab, energetika obyektidan chiquvchi tarmoqlarni avtomatik ravishda o‘chirgan. Ijtimoiy tarmoqda video olib tarqatgan aholi vakillariga podstansiyaning asosiy qurilmalarida yong‘in chiqqandek ko‘ringan.
❗️Ammo podstansiyadagi transformator qurilmalarida nosozlik qayd etilmagan, soz holatda.
Mutaxassislar chaqnash oqibatida zarar yetgan qurilmalarni taʼmirlab, nosoz jihozlarini almashtirishmoqda. Ayni paytda zaxira quvvat tizimi orqali fider tarmoqlariga navbatma-navbat kuchlanish berilmoqda.
⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so’raymiz.
⚡️ Soat 20:59 da 110/35/6 kV kuchlanishli "Yayilma" podstansiyasiga ulangan va nosozlik tufayli tarmoqdan uzilgan 7 MVt isteʼmolchilarning 4 MVt qismi zaxira quvvatlariga ulandi.
Ayni paytda qolgan 3 MVt isteʼmolchilarni tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
⚡️ 110/35/6 kV kuchlanishli "Yayilma" podstansiyasiga sodir bo‘lgan holat tufayli vaqtincha tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilar fider liniyalariga bosqichma-bosqich kuchlanish berilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati