“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialining mutaxassislari tomonidan 110 kV kuchlanishli «Zarmetan» (chiqish – «Pechat») hamda «Gornarudnik» elektr uzatish liniyalarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
⚙️ Ish jarayonida yaroqsiz izolyatorlar yangilariga almashtirildi, shuningdek, liniya bo‘ylab texnik ko‘rik va profilaktika ishlari bajarildi.
⚡️ Ushbu tadbirlar elektr tarmoqlarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.
Barcha ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI