

⚡️«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali Elektr uzatish liniyalari xizmati mutaxassislari tomonidan qo‘shni Tojikiston Respublikasi hududidan o‘tgan qismda U-shaklli AN boltlar ko‘rikdan o‘tkazildi. Eskirgan va yemirilgan bolt hamda plitalar ta’mirlandi va yangisiga almashtirildi.
⚙️ Quyidagi ishlar bajarildi:
► 118-sonli tayanchda — bir tomoni mumlandi, ikkinchi tomoni yangisiga almashtirildi;
► 119-120 va 121-sonli tayanchlarda — har ikkala tomoni mumlandi;
► 122-sonli tayanchda — bir tomoni mumlandi (ikkinchi tomoni 2024-yilda yangilangan).
✅ Ushbu ishlar natijasida 118–122 tayanchlar oralig‘idagi U-shaklli AN boltlar mustahkamligi tiklandi hamda elektr uzatish tarmog‘ining ishonchliligi oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling