

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi
Prezident qaroriga ko‘ra, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun bu yil 1,1 milliondan ortiq oila ro‘yxatga olindi.
Ulardan 822 mingtasi ijtimoiy reyestrda mavjud, yana 290 mingdan ortig‘i esa “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha aniqlangan.
Qo‘shimcha ro‘yxatga quyidagi toifadagi oilalar kiradi:
♦ boquvchisini yo‘qotganlar – 33,8 mingta;
♦ nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar – 76,3 mingta;
♦ og‘ir kasallikka chalingan shaxs yashaydigan oilalar – 23,7 mingta;
♦ yolg‘iz keksalar – 7 mingta;
♦ gaz tarmog‘iga ulanmagan oilalar – 2 mingta;
♦ bir uyda uchtadan ortiq oila yashaydiganlar – 26,2 mingta;
♦ boquvchisi mehnat migratsiyasida bo‘lganlar – 34,7 mingta;
♦ vaqtincha ishsizlar – 15,1 mingta;
♦ faqat pensiya hisobiga yashovchi oilalar – 69,7 mingta;
♦ yolg‘iz yashovchi shaxslar – 2,3 mingta.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 120 mingta oilaga 270 ming so‘mdan yordam berilgan edi. Bu yilgi miqdor o‘tgan yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘p.
Mazkur dastur doirasida jami 1,2 trillion so‘m mablag‘ Davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/18030
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati