2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BUXORO VILOYATI: Yuqori kuchlanishli tarmoq xodimlarining bilim-malakasini oshirish ishlari davom etmoqda
  • 31.10.2025
  • 63

✍️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati "Buxoro magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli "Turon" o‘chirib-yoqish punktida 220 kV kuchlanishli "Neftezavod" podstansiyasi va "Turon" o‘chirib-yoqish punkti barcha ishchi-xodimlarining bilim-saviyasini oshirish maqsadida texnik darslar tashkillashtirildi. 

Ma’lumot o‘rnida: Mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishlii qarorlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga, "Odob-axloq" qoidalari, Filial ichki tartib-intizom qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda energetika tizimida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ularning kelib chiqish sabablari, jabrlanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va qoidabuzarliklar bo‘yicha tushuntiruv ishlari va suhbatlar o‘tkazildi. 

Maqsad — xodimlarning bilim-saviyasini oshirish hamda avariyaviy o‘chishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️  «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling

http://t.me/BuxoroMET_Axborot