
Ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari doirasida 20 million kVt elektr energiyasi va 2,8 million kub metr gaz tejalishi kutilmoqda.
✅ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida respublika bo‘yicha 9 812 ta ko‘p kvartirali uyda taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan. Ushbu maqsadlar uchun 244 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, uylardagi tom, yerto‘la, fasad, kirish yo‘laklari hamda ichki muhandislik tarmoqlari taʼmirlandi.
➖1,5 mingta kodli temir eshik, 14,6 ming kv.m oynavand framuga va 70 mingga yaqin energiya tejamkor chiroq o‘rnatildi. Davlat dasturlari va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 4 mingdan ortiq uyda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
➖Kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun zarur materiallar zaxirasi — 207 ming kv.m shifer, 36 ming dona zadvijga va ventil, 145 ming pogonometr va har xil turfdagi quvurlar, 379 tonna qum-tuz aralashmasi va boshqa jihozlar tayyorlab qo‘yildi.
▶️ Manba
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati