

“Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli "Buxoro" podstansiyasida 35 kVli V-O‘rtacho‘l-1 va V-O‘rtacho‘l-2 o‘chirgichlarida izolyatorlarni tozalash, dispetcherlik yozuvlarni yangilash va fazalarni yangilash (ranglarini) ishlari bajarildi.
⚡️ Ma'lumot uchun: 35 kV kuchlanishli V-O‘rtacho‘l-1 va V-O‘rtacho‘l-2 o‘chirgichlari orqali Buxoro viloyatining Kogon tumani aholisi va ishlab chiqarish obyektlarini elektr energiyasi bilan ta‘minlaydigan taqsimlovchi tarmoqlarga quvvat uzatiladi.
Shuningdek, mazkur qurilmalarning sozligi 2025–2026-yil kuz-qish mavsumida elektr taʼminoti barqaror bo‘lishi uchun hamda, iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan davrda iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️ «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling