2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Yo’l-transport hodisasi tufayli shikast yetgan elektr uzatish tarmog‘i orqali taʼminlangan barcha isteʼmolchilarga kuchlanish berildi
  • 04.11.2025
  • 49

Avval xabar  berganimizdek, kecha, 2025-yil 3-noyabr kuni soat 22:08 da Andijon shahrining Eski oltinko‘l ko‘chasidan o‘tgan 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘iga yuk avtomobili kelib urilishi natijasida nosozlik sodir bo‘lgan edi. 

⚙️ Navbatchi brigadalar tomonidan tayanch ustunining shikastlangan qismini tiklash ishlari tugatilib, soat 05:28 da elektr uzatish tarmog'iga kuchlanish berildi. 

⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati