2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BUXORO VILOYATI: 220 kV kuchlanishli «Buxoro» podstansiyasida modernizatsiya ishlari davom etmoqda
  • 05.11.2025
  • 21

⚙️  «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli «Buxoro» podstansiyasida 110 kV kuchlanishli SHR-Gazli-1 va R-TN-2  ajratgichlari zamonaviy turdagi qurilmalar bilan almashtirilib, ishga tushurildi.

Bundan tashqari, 110 kV kuchlanishli SHR-KS-1-2 ajratgichi yangi va zamonaviy qurilmaga almashtirish uchun ta’mirga chiqarildi. 

⚡️Eslatib o‘tamiz, yuqori kuchlanishli podstansiyadagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj va ta’mirlash-sozlash ishlari davomida xavfsiz iish sharoitini yaratish maqsadida tarmoqda uzilgan qurilmalar yuklamasi halqalash usuli orqali boshqa tarmoq va podstansiyalar orqali ta’minlanib, ish jarayonida ishte’molchilar elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi.

Modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️«BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling

http://t.me/BuxoroMET_Axborot