2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 35–110 kV kuchlanishli podstansiyalarda texnik profilaktika ishlari bajarildi
  • 06.11.2025
  • 31

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ balansidan qabul qilingan 35/110 kV kuchlanishli podstansiyalarda 2025-2026-yil kuz-qish mavsumida elektr taʼminoti barqarorligini ta’minlash maqsadida transformatorlarga moy quyish va boshqa zaruriy profilaktik ishlar bajarilmoqda.

⚠️ Barcha ishlar reja asosida, xavfsizlik va sifat talablariga muvofiq tarzda amalga oshirilmoqda.

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 35/6 kV kuchlanishli “G‘arbiy” podstansiyasida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Ta’mirlash jarayonida T-1, 6 kV 1-shinalar tizimida texnik xizmat ko‘rsatish, uskuna va aloqa qismlarining holati tekshirildi hamda T-1 transformatoriga moy quyish ishlari sifatli tarzda bajarildi. Mazkur ishlar elektr energiyasining taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazib berilishini ta’minlash, shu bilan birga, uskuna va jihozlarning uzoq muddatli, barqaror ishlashiga xizmat qiladi.

Shuningdek, 220 kV kuchlanishli "Sardor" podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli "Koson-2" elektr uzatish havo tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. 

Ta'mirlash jarayonida:

   ♦   Texnik ko‘rikda aniqlangan izolyator elementidagi mexanik nuqson (yoriq) zudlik bilan almashtirildi;

   ♦   Chang bosgan izolyatorlar tozalandi va tarmoqning uzluksiz ishlashi ta'minlandi.

⚡️ Bu ishlar elektr ta'minotining yanada ishonchli va barqaror bo'lishiga xizmat qiladi.

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!

https://t.me/NamanganMET_Axborot