2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
✔️ TOSHKENT SHAHRI: Baxtsiz hodisalar tahlili orqali ularning takrorlanmasligi uchun bilim-malakani oshirish tadbiri o‘tkazildi
  • 07.11.2025
  • 31

⚡️“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari ishtirokida, HETKning 2025-yil 29-oktyabrdagi 12/1-58-sonli xabarnomasiga asosan, “Farg‘ona HETK” AJ tasarrufidagi “Bog‘dod” tuman elektr tarmoqlari 4-tezkor ta’mirlash bo‘limi elektr montyori bilan o‘lim oqibatli baxtsiz hodisa tufayli, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish yuzasidan o’zaro muhokama va tahlil etildi.  

Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarish jarayonidagi baxtsiz hodisalarning oldini olish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etgan holda tashkiliy va texnik tadbirlar to‘g‘ri bajarilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ishchi-xodimlar xushyorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi. 

Mazkur tadbini o‘tkazishdan maqsad — xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaldagi qonun-qoida, yo‘riqnoma va standartlarga rioya etilishini taʼminlash. 

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot