2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 35–110 kV kuchlanishli podstansiyalarda profilaktika-sinov ishlari amalga oshirildi
  • 11.11.2025
  • 43

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan quyidagi texnik prifilaktika ishlari amalga oshirilmoqda:

⚙️ 35/10 kV kuchlanishli “Jush” podstansiyasining V-Oyna va V-Ustuk chiqish liniyalarida texnik xizmat ko‘rsatish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirildi;

⚙️ 110/35/6 kV kuchlanishli “Zirabuloq” podstansiyasining V-Ostona chiqish liniyasida joylashgan moyli o‘chirgich va ajratgichning “A” qutbida aniqlangan kontakt qizishi holatini bartaraf etish bo‘yichaservis xizmat ko‘rsatish ishlari bajarildi.

⚡️ Shuningdek, elektr qurilmalarning releli himoya va avtomatikasi tizimi tekshirilib, laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi.

Barcha ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda bajarildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

https://t.me/SamarqandMET_Axborot