2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: «Go‘zal» podstansiyasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi
  • 12.11.2025
  • 42

 Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli «Go‘zal» podstansiyasida texnik profilaktika ishlari bajarildi.

⚙️ Ushbu tadbirlar doirasida 110 kV kuchlanishli "L-G‘alaba-1" elektr uzatish liniyasida rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, quvvati 200 000 kVA bo‘lgan AT-1 transformatorida navbatdagi sinov va texnik tekshiruvlar o‘tkazildi.

Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️«SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot