

"Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan Namangan shahrida joylashgan 110/6 kV kuchlanishli “Sho‘ro” podstansiyasida mavjud T-1 transformatorning 6 kV “S” fazasi ulanmasida qizish holatining oldini olish va aniqlangan nuqsonni bartaraf etish bo‘yicha zarur texnik ishlar bajarildi.
⚙️ Mutaxassislarimizning o‘z vaqtida va mas’uliyat bilan olib borgan harakatlari tufayli tarmoqdagi barqaror elektr ta’minoti saqlab qolindi.
⚡️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ning barcha filiallari, shu jumladan "Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali ham taqsimlovchi elektr tarmoqlariga elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lida tinimsiz mehnat qilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!