2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 17.11.2025
  • 39

⚡️BO‘SH ISH O‘RNI: 

▶️ Elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya, ulanish, qabul qilish boshqarmasi yetakchi-muhandisi lavozimi. 

❗️TALABLAR: 

• Ma’lumoti: oliy ma’lumotli;

• Ish staji (tajribasi): energetika tizimida, bevosita elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi, muhandis-texnik lavozimlarida ishlagan bo‘lishi kerak; 

• Tillarni bilishi: davlat va rus tilida hujjatlarni yuritilishini mukammal bilishi (ingliz tili bilishi ustunlik beradi);

• “Elektr qurilmalarining tuzilish qoidalari” (PUE), “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni texnikasi qoidalari”ni, “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”ni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyuldagi “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari” to‘g‘risidagi 338-sonli qarori, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim. 

• 35-500 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida va elektr tarmoqlarida rejalashtirilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlarining smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shaharsozlik me’yor va qoidalariga asosan bajarilgan ta’mirlash va qurilish ishlari hajmini o‘rnatilgan tartibda qabul qilish, hisobotlarni yuritish tajribalariga ega bo‘lishi lozim; 

• Loyiha-smeta hujjatlarini amaldagi qoidalarga muvofiq ishlab chiqilganligini tekshirishni bilishi lozim;

• Podstansiya, elektr uzatish havo tarmoqlari elektr qurilmalarining ishlash prinsipini va konstruktiv qismini bilish va ekspluatatsiyada qo‘llay olishi lozim;

• Kompyuter savodxonligi (mukammal):  Microsoft office (Excel, Word, Power Point), ABC, McExel, TNQurilish, AutoCAD, CorelDRAW dasturlarida ishlashni mukammal bilish lozim. Power Point va boshqa dasturlarda grafikali taqdimotlarni ishlab chiqishi.

Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan  o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi. 

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari»  ruknida 

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati. 

Murojaat uchun: 71-236-66-15. 71-236-62-27 

Onlayn rezyume 

kadr_nes@uzbekistonmet.uz 

▪️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

▪️Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati