

"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislar tomonidan 88-sonli topshiriqnomaga asosan Toshkent Siti-1 110 kV elektr qurilmasida joriy taʼmirlash ishlari bajarildi.
⚙️ Ta’mirlash davomida:
♦O‘chirgich moy va changlardan tozalandi;
♦Yuritmasi tekshirildi;
♦ Fazalari maxsus ranglarga bo‘yaldi;
♦Transformator tokiga har bir fazasiga 2 litrdan moy quyildi;
♦Moy ko‘rsatgichi tozalandi;
♦Havo quritgich moslamalari (VOV) tekshirildi;
♦ O‘chirgichlar izolyatsiya sinovidan o‘tkazildi;
♦ Releli himoya va avtomatika, ikkilamchi zanjirlar tekshirildi, artilib tozalandi.
⇒ Filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida tasdiqlangan ish rejasi va kunlik topshiriqnomalar asosida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari hamda ta’mirlash-sozlash ishlari 24/7 rejimi asosida bajarishmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!