

Samarqand viloyati hududidan o‘tgan 110–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida rejali ravishda tayanch ustunlari, simlar va boshqa tashqi elementlarning texnik holatini yaxshilash bo‘yicha profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda.
⚙️ Ushbu profilaktika ishlar doirasida tayanch ustunlari korroziyaga qarshi bo‘yalmoqda, ustunlarning texnik-muhandislik tartib raqamlar yangilanmoqda, atrofdagi ortiqcha o‘simliklar tozalanmoqda hamda havo tarmog‘ining umumiy texnik holati yaxshilanmoqda.
Misol uchun,
♦ 220 kV kuchlanishli L–So‘g‘diyona va L–Ch-S elektr uzatish tarmoqlarida;
♦ 500 kV kuchlanishli L-510 va L-521 havo tarmoqlarida rejalashtirilgan ishlari bajarildi.
⚡️ Bajarilayotgan ishlar elektr tarmoqlarining ishonchliligini ta’minlash, avariya holatlarini oldini olish va havo tarmoqlarining tashqi ko‘rinishini yanada saranjom holga keltirish hamda koroziyalanishini oldini olishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI