

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 110 kV kuchlanishli podstansiyalarning texnik holatini yaxshilash bo‘yicha profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda. Misol uchun:
⚙️ 110/35/6 kV kuchlanishli “Do‘stlik” podstansiyasining V-Ozoda chiqish tarmog‘ida aniqlangan nosozlik bartaraf etildi. Shuningdek, mazkur energetika obyektining SSh-35-1 taqsimlovchi qurilmasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Uskunalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, kontaktlar tozalandi, mahkamlash qismlari mustahkamlandi hamda elektr himoya tizimining ishonchliligi sinovdan o‘tkazildi.
⚙️ 110/35/6 kV kuchlanishli “Shimoliy” podstansiyasida VP-110 qurilmasining montaj va sozlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, qurilma eligaz bilan me’yorida to‘ldirildi.
⚡️ Ushbu texnik profilaktika ishlari elektr energiyasini uzluksiz va barqaror yetkazib berishni ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda uskunalarning samarali ishlashini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bajarildi.
⇒ Barcha texnik ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda olib borildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI