2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 220 kV kuchlanishli "L-T-Ku-1 va L-T-Ku-2" elektr uzatish tarmog‘ida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi
  • 01.12.2025
  • 38

Elektr uzatish tarmoqlari Toshkent guruhi mutaxasislari tomonidan 220 kV kuchlanishli "L-T-Ku-1 va L-T-Ku-2" havo tarmog‘iga texnik xizmat ko‘rsatish va metall tayanchlarni korroziyaga qarshi bo‘yoqlash ishlari bajarildi.

Jumladan, tayanch ustunlarining tarkibiy qismlari ko‘zdan kechirilib, shikastlangan elementlar yangisiga almashtirildi. Elektr uzatish tarmoqlarining kontakt  teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib chaqmoq qaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirildi.

⇒ "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot